O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bayonoti
Ayrim ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari bo’yicha tashkilotlar tomonidan no’malum manbalarga tayangan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida sodir bo'lgan voqealar haqida turli xil taxminlar va asossiz xabarlar muhokama qilinmoqda.
Go’yoki noqonuniy kuch ishlatish orqali “tinch mitingni tarqatish”, jumladan favqulodda holat e'lon qilish orqali “mustaqil ovozlarni yopish va axborotni oqimini to’sish” haqida asossiz bayonotlar berilmoqda.